» » Peterburg metrosidagi terakt ijrochilari ikki kishi bo‘lishi kerak bo‘lgan

Peterburg metrosidagi terakt ijrochilari ikki kishi bo‘lishi kerak bo‘lgan


Peterburg metrosidagi bomba 3-aprelda ikki kishi tomonidan portlatilishi kerak bo‘lgan. Bu haqda “Kommersant” nashriga tayanib, “Vedomosti” ma’lum qildi.

6-aprelda huquqni muhofaza qiluvchi organlar Sankt-Peterburg shahrining “Tovarishcheskiy” shoh ko‘chasidagi uyda uch kishini qo‘lga olgan. Xonadon bomba tayyorlovchi sex va qurol ombori sifatida foydalanilgan. Xonadondan o‘t o‘chirgich korpusi ostiga joylashtirilgan, ishlatish uchun tayyor bo‘lgan qo‘lbola portlovchi qurilma, qurollar, harbiy aslahalar va ekstremistik adabiyotlar topilgan. Topilgan qurilma “Ploshchad Vosstaniya” bekatida topilgan va zararsizlantirilgan qurilma bilan bir xil bo‘lgan. Shu bilan birga, qo‘lbola portlovchi qurilmaning qismlari terakt ijrochisi Akbarjon Jalilov tomonidan ijaraga olingan uyda qoldirilgan qurilma qoldiqlari bilan mos tushdi.

Tergov taxminlariga ko‘ra, Akbarjon Jalilovning sherigi qandaydir sababga ko‘ra belgilangan joyga kelmagan, shuning uchun terrorchi ortiqcha bombadan “Ploshchad Vosstaniya” bekatida xalos bo‘lgan. Bomba masofadan emas, balki qurilmadagi tugma yordamida harakatga keltirilganligi aniqlashtirilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi 6-aprelda Peterburg metrosidagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etganlikda gumonlanib sakkiz kishi qo‘lga olinganligini xabar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют