» » 2017—2019-yillarda qariyb 2 ming nafar mahbus afv qilinib ozodlikka chiqarilgan

2017—2019-yillarda qariyb 2 ming nafar mahbus afv qilinib ozodlikka chiqarilgan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017—2019-yillar davomida 8 marotaba afv etish bo‘yicha farmon imzolanib, 4 mingdan ortiq mahkumga nisbatan qo‘llanildi. Shundan 1999 nafar mahkum ozodlikka chiqarilib, 2 mingdan ortiq mahkumning jazosi yengilrog‘iga almashtirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi uch yil mobaynida ichki ishlar organlari jazoni ijro etish tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, Prezidentning 5 ta qarori, hukumatning 7 ta qaror va farmoyishi, 4 ta idoralararo qo‘shma qaror hamda 10 dan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-dekabrdagi “2018—2022-yillarda jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlarini kapital qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek, eskirgan bino va inshootlar o‘rnida yangilari qurilib, foydalanishga topshirildi. Jumladan:

Bundan tashqari, mahkumlarning murojaatlari, mavjud muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal qilish maqsadida Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, barcha jazoni ijro etish koloniyalarida Ombudsmanga, prokurorga, ariza va shikoyatlarga mo‘ljallangan alohida qutilar o‘rnatilgan.

Qayd etilishicha, Prezident boshchiligida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan koloniya yopilib, u yerda saqlanayotgan 395 nafar mahkum sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq boshqa koloniyalarga o‘tkazildi.

Shuningdek, mahkumlarning ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi bo‘yicha huquqiy kafolat mustahkamlandi. Yopiq turdagi koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarning telefon so‘zlashuvi, yo‘qlov va uchrashuvlar olishi soni qariyb ikki barobarga ko‘paytirildi.

Ta’kidlanishicha, mahkumlarga ilk marotaba saylov huquqi taqdim etildi. Mahkumlarning ish haqidan ijtimoiy sug‘urta ajratilmasligi belgilanib, pensiya ta’minotiga ega bo‘lishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, axloqan tuzalishning eng samarali usuli — mahkumlarni kasbga o‘rgatib, ish bilan ta’minlash ekanligi belgilanib, yangi ish o‘rinlari yaratildi va mehnatga layoqatli mahkumlarning 88 foizi uchun mehnat qilishiga munosib sharoitlar yaratildi. Buning natijasida mehnat qilayotgan mahkumlarning oylik ish haqi o‘rtacha 1 mln. so‘mgacha yetkazildi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida 18 nafar hunarmad rahbarligida tashkil etilgan “Usta-shogird” maktabida 306 nafar “usta” mahkumga 979 nafar “shogird” mahkum biriktirilib, ularga xalq amaliy san’ati mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha hunar o‘rgatilmoqda.

Bugungi kunda “Usta-shogird” maktabini tugatgan 272 nafar mahkumga egallagan mutaxassisligi bo‘yicha sertifikatlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют