» » Xitoyda koronavirusning yangi turi pnevmoniya tarqalishiga sabab bo‘ldi

Xitoyda koronavirusning yangi turi pnevmoniya tarqalishiga sabab bo‘ldi


Xitoy epidemiologlari koronavirusning yangi turini aniqladi. U Uxan shahrida pnevmoniya tarqalishiga sabab bo‘lgan, deya xabar beradi “TASS”.

“Laboratoriya tadqiqotlari natijasida koronavirusning yangi turi topildi va uning barcha genomi aniqlandi. Nuklein tahlili yordamida koronavirusning yangi turi yuqishi bilan bog‘liq 15 ta holat tasdiqlandi. Kasallarning biridan virus namunasini olishga muvaffaq bo‘lindi va uning morfologiyasi elektron mikroskop bilan tasdiqlandi”, —deyiladi Xitoy markaziy televideniyesi xabarida.

Uxanda pnevmoniya qo‘zg‘alishi 2019-yil oxirida qayd etildi. Joriy yil 5-yanvarda noma’lum pnevmoniyaga chalinganlar soni 59 kishiga yetdi. Yana 163 kishi karantinda bo‘lgan.

Virus yuqtirish bilan bog‘liq aksariyat holatlar shahardagi dengiz mahsulotlari bozori bilan bog‘lanmoqda. Hozirda ushbu bozor yopib qo‘yilgan.

Gonkongda ushbu virus yuqtirilishi bilan bog‘liq 38, Singapurda esa bitta holat qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют