» » Janubiy Afrikada karkidonlar shoxi bilan savdo qilishga rasman ruxsat berildi

Janubiy Afrikada karkidonlar shoxi bilan savdo qilishga rasman ruxsat berildi


JAR Konstitutsiyaviy sudi karkidonlar shoxlarini sotish qonuniyligi masalasida uzoq davom etgan sud jarayonini yakunladi. Endilikda faoliyatning ushbu turiga rasman ruxsat berildi, bu esa noyob hayvonlar uchun yo‘qolib ketish tahdidini yuzaga keltiradi, deb yozadi National Geographic.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Yer sayyorasida 29 500 karkidon yashaydi, ulardan 70 foizi Janubiy Afrika hududiga to‘g‘ri keladi. 2007-yilda mazkur hududda 13 ta karkidon o‘ldirilgan. Bu Tabiatni muhofaza qilish davlat departamentini karkidonlar shoxi bilan savdo qilishga moratoriy joriy etishga majbur qildi.

Biroq ular istagan maqsadiga erisha olmadi: o‘tgan o‘n yilliklarda brakonyerlik sur’ati oshib bordi. 2016-yilda 1 054 ta karkidon halok bo‘lgan.

Karkidonlarni parvarishlovchi ferma sohiblari karkidonlar shoxi bilan savdo qilishga nisbatan taqiqni noqonuniy deb hisoblab, sudga murojaat qildi. Uzoq yillar davom etgan tortishuvdan so‘ng JAR Konstitutsiyaviy sudi savdogarlar foydasiga qaror qabul qildi. Shoxlarni sotib olish va sotishga litsenziyaga ega bo‘lgan hollarda ruxsat berildi.

Karkidon shoxlariga Vyetnam va Xitoydan buyurtmalar tushadi. Ulardan an’anaviy tibbiyotda foydalaniladi. Karkidonlar turi va yoshiga qarab ularning shoxi 1,5 dan 4 kilogrammgacha keladi, kilogramining qiymati esa 45—60 ming AQSh dollarini tashkil etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют