» » Video: Sergelidagi sanoat zonasida yuz bergan yong‘in

Video: Sergelidagi sanoat zonasida yuz bergan yong‘in


Sergelidagi Lutfkor ko‘chasida joylashgan kichik sanoat zonasidagi binolarning birida 10-yanvarga o‘tar kechasi yong‘in yuz berdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Sanoat zonasidagi Techno Sirius kompaniyasiga qarashli binoning 4-qavatida joylashgan maishiy texnika ishlab chiqarish sexi va binoning tom qismi 900 kvadrat metr maydonida yong‘in yuz bergan. Binoning 1000 kvadrat metr maydonidagi qurilmalar olovdan saqlab qolingan.

Xabar berishlaricha, yong‘in haqida 00:28 da xabar berilgan, ilk o‘t o‘chiruvchilar esa voqea joyiga oradan besh daqiqa o‘tib yetib kelgan. “Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:20 da qurshab olinib, soat 03:40 da o‘chirilgan”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan insonlarning halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Yong‘in joyiga 18 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют