» » Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi bir necha kunga surildi

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi bir necha kunga surildi


9-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, xalqaro tadbirlar jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya tashqi ishlar vazirining Toshkentga rasmiy tashrifi sanasi 12—13-yanvardan 15—16-yanvarga ko‘chirilgan.

Tomonlar muloqot davomida, shuningdek, ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi joriy masalalar bo‘yicha fikrlar almashishgan.

Lavrovning O‘zbekistonga tashrifining avval kelishilgan dasturining asosiy bandlari o‘zgarishsiz qoladi.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekistonga 5—6 yanvarga belgilangan tashrifi keyinroqqa qoldirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют