» » O‘zbekistonda 5,5 mln so‘mdan ko‘p oylik oluvchilar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 5,5 mln so‘mdan ko‘p oylik oluvchilar soni ma’lum qilindi


Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida O‘zbekistonda 2019-yil yanvar va noyabr oylarida ish haqi darajasining o‘zgarishi qanday bo‘lganini e’lon qildi.

2019-yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra aholining 43,6 foizi — 1 761 007 kishi 1 million so‘mgacha ish haqi olgan. 2019-yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 1 855 361 kishi (50,7 foiz)ni tashkil qilgan.

2 million so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 0,2 foizga oshgan. 2019-yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 27,5 foiz (1 007 788 kishi)ni tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning noyabr oyida 27,7 foiz (1 118 827 kishi) bo‘lgan.

4 million so‘mgacha oylik oladigan fuqarolar soni esa deyarli 4 foizga o‘sgan — 2019-yil yanvar oyida 16,8 foiz (613 528 kishi), 2019-yil noyabr oyida 20,0 foiz (806 891 kishi)ni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, 5,5 million so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni ham oshgan. 2019-yilning yanvar oyida bu ko‘rsatkich 2,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa (96 549 kishi), o‘tgan yilning noyabr oyida 4,3 foiz (172 464 kishi).

5,5 million so‘mdan ortiq ish haqi oladiganlar soni ham o‘sgan. 2019-yil yanvar oyida shuncha ish haqi olganlar 2,4 foiz (87 388 kishi)ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil noyabr oyida bu ko‘rsatkich 4,3 foiz (175 483 kishi)ga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют