» » Sport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Turkmaniston prezidenti karate-doning o‘ninchi dan qora belbog‘i bilan taqdirlandi

Sport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Turkmaniston prezidenti karate-doning o‘ninchi dan qora belbog‘i bilan taqdirlandi


Sport harakati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov karate-doning o‘ninchi dan (daraja) qora belbog‘i bilan taqdirlandi. Bu haqda “Turkmenistan: zolotoy vek” axborot agentligi xabar qildi.

Ushbu faxriy mukofotni “Osiyo o‘yinlari—2017: tinchlik va taraqqiyot uchun xalqaro sport hamkorligi” kongressida, Xalqaro Meybukan godzyu-ryu karate-do assotsiatsiyasi rahbari Yagi Meytatsu topshirdi.

Yagi Meytatsu forumning konstruktiv hamda samarali faoliyatiga yaratib berilgan imkoniyat va ajoyib sharoit uchun prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga yig‘ilganlar hamda shaxsan o‘zining nomidan samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu mukofotni Turkmaniston sporti hamda jismoniy madaniyati rivoji, xalqaro sport harakatida mamlaktning faol ishtiroki, olimpiada harakatlarida o‘zining yuksak g‘oyalariga sodiqligi, do‘stlikni mustahkamlashda sportning ahamiyati va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamjihatlikning bir belgisi sifatida qabul qilayotganini ta’kidladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют