» » Qoraqalpog‘istonda Nexia piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda Nexia piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi


Qoraqalpog‘istoning Ellikqal’a tumanida sodir bo‘lgan YTHda 58 yoshli fuqaro vafot etdi.

YHXBB xabariga ko‘ra, voqea 7-yanvar kuni soat 20:40 larda Ellikqal’a tumani hududidan o‘tgan A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beynau avtomobil yo‘lining 610-kilometrida sodir bo‘lgan.

Shu tumanda yashovchi 27 yoshli haydovchi D.X. otasiga tegishli Nexia avtomobilini boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 58 yoshli piyoda R.Q.ni urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.

Avtohalokat sababi o‘rganilganda, Nexia haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib, urib yuborgan.

Avvalroq Surxondaryoda tezlikni oshirgan Nexia daraxtga urilishi oqibatida yo‘lovchilardan biri vafot etgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют