» » “Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi Ispaniya Superkubogi rekordini yangiladi

“Barselona”ning 17 yoshli futbolchisi Ispaniya Superkubogi rekordini yangiladi


“Barselona” yarim himoyachisi Ansumane Fati Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinning (2:3) 88-daqiqada maydonga tushdi.

17 yosh-u 70 kunlik Fati Ispaniya Superkubogi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Fati bu borada “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Nano Rodilyani ortda qoldirdi. 1999-yilgi Superkubokda Nano 17 yosh-u 117 kunlik edi.

Avvalroq Fati La Liga doirasidagi bir o‘yinda gol va samarali uzatma amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylangandi. Shuningdek, u Yevropa Chempionlar Ligasida gol urgan eng yosh o‘yinchi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют