» » Hyundai va Kia Janubiy Koreyadagi 170 ming avtomobilni chaqirib oladi

Hyundai va Kia Janubiy Koreyadagi 170 ming avtomobilni chaqirib oladi


Hyundai Motor va Kia Motors avtomobil kompaniyalari dvigateldagi nuqsonni bartaraf etish maqsadida Janubiy Koreyadagi 170 ming avtomobilini chaqirib olishi haqida ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.

Muammo 2013-yil avgustigacha chiqarilgan Hyundai Grandeur, Sonata, Kia K7 va K5 sedanlari, shuningdek, Sportage yo‘ltanlamasiga o‘rnatilgan Theta 2 turbo hamda 2.4 GDI dvigatel modellarida aniqlangan. Ushbu mashinalarning kuch agregatlari tirsakli val hamda podshipniklardagi nuqson tufayli ishdan chiqishi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniyalar AQSh rasmiylari bilan avval yetkazib berilgan besh markadagi 1,3 million avtomobilni chaqirib olish borasida muzokaralar olib bormoqda, jumladan Santa Fe va K5 avtomobillariga ham Theta 2 dvigateli o‘rnatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют