» » O‘zbekistonda dam olish kunlari qor-yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari qor-yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


Bugun O‘zbekiston hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Havo harorati 5—10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 11-yanvarda ham respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat shundayligicha saqlanib turadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni havo oqimlarining almashadi: quruq havo oqimi o‘rnini Kaspiy dengizi hududidan kiradigan nam va sovuq havo oqimi egallaydi. U butun respublika hududiga ta’sir ko‘rsatadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют