» » Chimyonda snegoxod odamlarni bosib ketdi (video)

Chimyonda snegoxod odamlarni bosib ketdi (video)


“Chimyon” tog‘-chang‘i dam olish oromgohida smegoxod va havo to‘ldirilgan matrasda uchayotgan dam oluvchilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bo‘stonliq tumani “Chimyon” tog‘-chang‘i dam olish oromgohida 2020-yil 5-yanvar kuni taxminan soat 11:00 da 17 yoshli B.Ye. Yamaha VK540B rusumli qor-chang‘i transportini boshqarib ketayotganida, tepalikdagi qiyalikdan havo to‘ldirilgan matrasda tushib kelayotgan 22 yoshli M.M., 23 yoshli A.A. va 20 yoshli A.A.ni bosib ketgan.

To‘qnashuv oqibatida matrasda bo‘lgan 3 nafar shaxs turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida yosh chang‘ichi yo‘qlib qolgan edi, qidiruv ishlari natijasida u chang‘i trassasidan tashqarida o‘lik holda topilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют