» » Toshkentda xalqaro press-klub ish boshladi

Toshkentda xalqaro press-klub ish boshladi


Toshkentdagi Milliy matbuot markazida 7-aprel, juma kuni ilk xalqaro press-klub ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Press-klub rahbari siyosiy fanlar nomzodi Sherzod Qudratxo‘jayevga marosim chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkilot Guvohnomasi hamda raislik vakolati topshirildi.

Xalqaro press-klub ta’sischilari Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” va Uzbekistan Today axborot agentliklari, UzReport va Zo‘r TV telekanallari, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” va “Biznes-vestnik Vostoka” gazetalari, shuningdek “Gazeta.uz” va “Daryo” internet-nashrlari hisoblanadi.

Parlament a’zolari, davlat va nodavlat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari ishtirokidagi marosim oldidan klub jamoatchilik kengashining ilk majlisi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masalalar, jumladan, kengash hamda nazorat-taftish komissiyasi a’zolari, ramzlar aniqlab olindi.

Klubning ushbu formati 2016-yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davomida sinovdan o‘tkazilgan. Sinov mobaynida yetarlicha zamonaviy texnologiyalar hamda sharoitlar ta’minlangan holatda OAV vakillari tezkor va samarali faoliyat yurita olishi isbotlangan edi.

Ayni xalqaro press-klubda davlat hokimiyati organlari vakillari bajarilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot qilishi, jamoatchilik va jurnalistlar takliflari hamda savollariga yuzma-yuz javob berishi belgilangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют