» » Belarusda o‘qituvchisini o‘ldirib, uning uyini yoqib yuborgan aka-uka o‘lim jazosiga hukm qilindi

Belarusda o‘qituvchisini o‘ldirib, uning uyini yoqib yuborgan aka-uka o‘lim jazosiga hukm qilindi


Belarusning Mogilev viloyati sudida 2020-yildagi ilk o‘lim jazosi hukmi o‘qildi, deb yozadi Meduza.

Oliy jazo aka-uka Ilya va Stanislav Kostevlarga nisbatan tayinlangan. Ular o‘z o‘qituvchisini o‘ldirib, uning uyini yoqib yuborgan edi.

Sudlanuvchilar sud jarayonida o‘z qilmishiga iqror bo‘lgan hamda afsusda ekanligini aytgan.

Jinoyatchilar tayinlangan jazo ustidan yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin.

Belarus Yevropa va MDH davlatlari orasida o‘lim jazosini bekor qilmagan yagona mamlakat.

2019-yilda Belarusda o‘lim jazosiga hukm qilingan uch kishi qatl etilgan, yana uch nafar fuqaroga ushbu jazo tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2020, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют