» » Qarshida uyda qamalib qolgan 2 nafar yosh bola qutqarildi

Qarshida uyda qamalib qolgan 2 nafar yosh bola qutqarildi


Qarshida ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni eshigi bexosdan qulflanib qolishi oqibatida ichkarida yolg‘iz qolgan yosh bolalari qutqarildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar beryapti.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun — 2020-yil 10-yanvar kuni Qarshi shahar 6-mittituman 41-uy 22-xonadonda yashovchi fuqaro Gulira’no Shoto‘rayeva yashash xonadonining kirish eshigi qulflanib qolib 2 nafar yosh bolasi ichkarida yolg‘iz qolgani haqida murojaat qilib, yordam so‘ragan.

Manzilga yetib borgan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududiy maxsus qutqaruv ishlar otryadi xodimlari xonadon kirish eshigini ochib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatgan. Uy ichida qolgan ikki nafar — biri uch yosh, ikkinchisi bir yoshli bolalar sog‘-salomat onasining qo‘liga topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют