» » AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi


AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Donald Tramp bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi, deb yozmoqda Meduza.

Cheklovlar Eron iqtisodiyotining ishlab chiqarish, yengil sanoat, qurilish va konchilik sohalariga nisbatan joriy qilingan. Sanksiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘lib, mazkur sohalardagi Eron kompaniyalari bilan biznes yuritgan uchinchi tomonlar ham sanksiyalar ostiga tushadi.

Shuningdek, AQSh Eronning yirik temir va po‘lat ishlab chiqaruvchilariga qarshi maxsus sanksiyalar joriy qilgan. Bundan tashqari, mamlakat rahbariyatining sakkiz nafar vakili shaxsiy cheklovlar ostiga tushgan.

Donald Tramp Eronga qarshi yangi sanksiyalarni 8-yanvar kuni Eronning Iroqdagi AQSh harbiy bazalariga bergan zarbalariga javoban e’lon qilgan.

AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik AQSh tomonidan Eronning eng nufuzli generali Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgach kuchaydi. Bunga javoban Eron 8-yanvar kuni AQShning Iroqda joylashgan ikkita harbiy bazasiga raketa zarbalari berdi.

Mavzuga doir: Eron Trampning tinchlikka chaqirig‘iga munosabat bildirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют