» » Meksikada 12 yoshli o‘smir o‘qituvchisini otib o‘ldirdi. Yana besh o‘quvchi va boshqa bir o‘qituvchi yaralangan

Meksikada 12 yoshli o‘smir o‘qituvchisini otib o‘ldirdi. Yana besh o‘quvchi va boshqa bir o‘qituvchi yaralangan


Meksika poytaxtidan shimolda joylashgan Torreone shahrida joylashgan Servantes kollejida 12 yoshli o‘quvchi maktabda qurolli hujum sodir etdi. Shahar hokimligi otishma oqibatida o‘qituvchi va jinoyat sodir etgan bolaning halok bo‘lgani, yana olti nafar odam jarohatlanganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Torreonedagi Servantes kollejida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida ikki nafar odam halok bo‘lgan va olti kishi yaralangan”, — deya xabar qilgan Koauila shtati gubernatori Migel Naxeg Rikelme Milenio TV kanali efirida.

Hududdagi jamoatchilik xavfsizligi vazirligi koordinatori Adelaido Flores 12 yoshli o‘quvchi uyushtirgan hujum oqibatida o‘qituvchi va bolaning o‘zi halok bo‘lganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra yana besh nafar o‘quvchi va o‘qituvchilardan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, yaralanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda.

OAV bergan xabar bo‘yicha bola yonida ikki xil kalibrli to‘pponchalar bilan hujum uyushtirgan. Bolaning otasi o‘g‘lining qo‘liga qurol qanday tushib qolganini tushuntira olmagan, uning aytishicha, o‘quvchi so‘nggi vaqtlarda buvisi bilan yashagan.

Shtat hukumati maktabda bolaning ustidan kulishgani yoki unga nisbatan ruhiy bosimlar bo‘lganini inkor qildi. Taxminlarga ko‘ra o‘smir jinoiy guruhlarga qo‘shilib qolgan bo‘lishi mumkin. Guvohlarning so‘zlashicha, o‘quvchi tashqariga chiqish uchun ruxsat so‘ragan va hovlida uzoq vaqt qolib ketgan. Uni izlab chiqqan o‘qituvchi ayol qo‘lida qurol ko‘targan bolani ko‘rgan. Ayolga quloq solmagan o‘smir pistoletdan atrofdagilarga o‘q uzishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют