» » Madam Tyusso muzeyi vakili shahzoda Garri va Megan Markl mum-haykallari qayerga ketgani borasida tushuntirish berdi

Madam Tyusso muzeyi vakili shahzoda Garri va Megan Markl mum-haykallari qayerga ketgani borasida tushuntirish berdi


Mumdan yasalgan haykallari bilan mashhur Madam Tyusso muzeyi vakili “qirollik” zalidan olib tashlangan shahzoda Garri hamda uning rafiqasi Megan haykallarini dunyoning boshqa mashhur insonlari haykallari orasiga olib o‘tilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

“Gersog va gersoginya Sassekslar muzeyning boshqa zaliga ko‘chiriladi hamda dunyoning boshqa mashhur insonlarining haykallari yoniga joylashtiriladi”, — degan muzey vakili.

Avval muzey ma’muriyatining shahzoda Garri va Meganning xohishiga bo‘lgan hurmat tufayli ularning haykallarini boshqa mashhurlar bor xonaga olib o‘tishga rozi ekani xabar qilingandi.

8-yanvar oqshomida Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollikdagi o‘z maqomi bo‘yicha beriladigan moliyaviy imtiyozlardan voz kechib mustaqil ravishda o‘zlari pul ishlab topishini ma’lum qilgan. Lekin ular qirollik oilasi majburiyatlarini bajarishda ham davom etaveradi.

Bundan tashqari, ular vaqtlarini Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerikada o‘tkazishmoqchi. Ularning fikricha, bu ularning o‘g‘li Archini qirollik an’analari ruhida tarbiyalash hamda oilaning keyingi rejalarini amalga oshirish uchun yetarli darajada sharoitlar yaratilishiga turtki beradi. Gersog va gersoginya Sassekslar bu boradagi aniq rejalari bilan o‘rtoqlashmagan.

Ularning ushbu bayonoti Britaniyada boshqa barcha xabarlar Yaqin Sharqdagi vaziyat, Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari va hatto Breksit haqidagi gap-so‘zlar-u, shov-shuvlarni ham bir chekkaga chiqarib qo‘ydi.

Nyu-Yorkda joylashgan Madam Tyusso muzeyi ham ushbu yangilikka munosabat bildirib, Garri va Meganning haykal nusxalarini boshqa zalga ko‘chirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют