» » “Qashqadaryo hokimi buyrug‘i” bilan qo‘ylarni so‘yganlar jazolandi

“Qashqadaryo hokimi buyrug‘i” bilan qo‘ylarni so‘yganlar jazolandi


Qashqadaryoda dalani payhon qilgan qo‘ylar viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra so‘yib tashlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Videoda o‘zgalar mulki bo‘lgan qo‘ylar so‘yilib, kam ta‘minlangan fuqarolar va ustalarga tarqatilayotgani aytilgan. O‘z navbatida viloyat hokimligi Zoir Mirzayev qo‘ylarni so‘yish haqida topshiriq bermaganini ma’lum qilgan. Qashqadaryo viloyati prokuraturasining xabar berishicha, 9-yanvar kuni mazkur holat bo‘yicha sud qaror qabul qilgan.

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati bu ish yuzasidan viloyat prokuraturasi shug‘ullanayotganini ma’lum qilgandi.

“Aniqlanishicha, videolavhada Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Aripov, Nishon tumani bo‘lim boshlig‘i A.Rahmatov, tuman IIB boshlig‘i D.Umarov, ‘Otamurod ota’ fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Sh.Bobonazarov, g‘alla maydonini payhon qilgan 21 bosh chorva mollari egasi A.Azamatovlar ishtirokida viloyat hokimi topshirig‘iga ko‘ra g‘alla maydonini payhon qilingani uchun fermer xo‘jaligi rahbari va payhon qilgan qo‘y egasiga tegishli 1 tadan (jami 2 bosh) qo‘yni so‘yib, kam ta’minlangan oilalarga tarqatilishi holati aks ettirilgan”, — deyiladi bayonotda.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra g‘alla ekinlarini payhon qilinganligi holati yuzasidan Nishon tumani ma’muriy sudining qaroriga asosan A.Azamatov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga ogohlantirish e’lon qilinib, payhon natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi ta’minlangan.

Shuningdek, A.Aripov va A.Rahmatovlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Nishon tumani ma’muriy sudiga yuborilgan.

Sudning 2020-yil 9-yanvardagi qaroriga ko‘ra A.Aripov va A.Rahmatovlarga nisbatan jarima jazosi tayinlangan va ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zarar to‘liq bartaraf qilinishi ta’minlangan.

“Bundan tashqari, Nishon tumani IIB boshlig‘i D.Umarovning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, uning harakatlari intizomiy kengashda ko‘rib chiqilishi belgilangan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют