» » Andijonda haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi (video)

Andijonda haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi (video)


Andijon viloyati Shahrixon shahrida Lacetti haydovchisi  YPX xodimining bodikamerasini yulib oldi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi xabar berdi.

4-yanvar kuni Shahrixon tumanida Lacetti haydovchisi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan. Videodan ko‘rish mumkinki, haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan mashinaning hech qanday hujjatlari yo‘qligini, “mashina o‘g‘irlanganini” ta’kidlab, uning yoqasiga yopishgan. Haydovchi YPX xodimining bodikamerasini yulib olib, mashinasida ketib qolishga uringan. Inspektor esa unga qarshilik ko‘rsatib, mashinaga o‘tirib olgan. Yordamchi kuchlar yetib kelganidan so‘ng mashina jarima maydonchasiga olib borilgan.

Lacetti haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 million 575 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, YPX xodimlari 2020-yil 1-yanvardan boshlab mobil videokamera (bodi-kamera)dan foydalangan holda o‘z xizmat vazifasini olib bormoqda.

Mavzuga doir: Haydovchi va YPX xodimi janjanlashdi. Inspektor noqonuniy ish tutganini aytgan haydovchi jarimaga tortildi

O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari bodi-kameralar bilan ishlay boshlashi haqida ilk bor 2017-yil 22-dekabrida aytilgan, muddat sifatida 2018-yilning 10-fevrali ko‘rsatilgan edi. Keyinchalik muddat 1-martga ko‘chdi, keyinroq sentabrda bo‘ladi, deyildi. 2018-yil dekabrida hukumat tomonidan qabul qilingan qarorda yangi muddat — 2019-yilning 1-iyuli ko‘rsatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют