» » Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishini prognoz qildi

Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishini prognoz qildi


Jahon banki mutaxassislari fikricha, 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,7 foizni tashkil etadi. Bu haqda Jahon bankining 2020-yil yanvar oyi bo‘yicha “Jahon iqtisodiyoti istiqbollari” hisobotida e’lon qilindi.

2019-yil iyun oyida Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi.

Har yarim yilda e’lon qilinuvchi ushbu hisobotda joriy yilda dunyo iqtisodiyoti 2,5 foizga o‘sishi bashorat qilindi. Qiyoslash uchun, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 2,4 foizni tashkil qilgan.

Jahon banki mutaxassislari taxminiga ko‘ra O‘zbekistonda YaIM 2018-yilda 5,6 foizni, 2019-yilda 6,3 foizni va 2020-yilda 6,5 foizni tashkil etadi. Shuningdek, bank tahlilchilari 2021 va 2022-yilda O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishini prognoz qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют