» » Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiyning haykali qayta o‘rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiyning haykali qayta o‘rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko‘rdi


Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezidentning 2017-yil 18-apreldagi qaroriga muvofiq, “ma’naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning tarixiy xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish” maqsadida Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyoboni barpo etilmoqda.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, xiyobon Alisher Navoiy haykali bilan uyg‘un bo‘lib, yaxlit me’moriy ansanbl hosil qilishi uchun yangi loyiha ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 8 gektardan ziyod hudud obodonlashtirilib, Alisher Navoiy haykalini qayta o‘rnatish belgilangan. Shavkat Mirziyoyev bu yerda olib borilayotgan ishlar, haykallar ko‘rinishiga oid loyihalar bilan tanishgan.

“Prezident Haykallar yonida lavhlar o‘rnatib hamda audioyozuvlar orqali har bir adib haqida qisqacha ma’lumot berish, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Alisher Navoiy haykali gumbazini bezatish, hududni obodonlashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют