» » “Barselona” Valverdeni ishdan bo‘shatadi. Uning o‘rniga Xavi olib kelinadi

“Barselona” Valverdeni ishdan bo‘shatadi. Uning o‘rniga Xavi olib kelinadi


“Barselona” 2019/20-yilgi mavsum so‘ngida jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan xayrlashishga qaror qildi, deb yozadi AS.

Valverdening jamoa bilan qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari klub rahbariyatiga ma’qul kelmayapti va mavsum so‘ngida uning jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Kataloniyaliklar Valverdening o‘rniga keladigan murabbiy nomzodi borasida ham bir qarorga kelgan. Klub safida 1998—2015-yillarda faoliyat olib borgan, hozirda Qatarning “As-Sadd” klubiga ustozlik qilayotgan Xavi Ernandes yozda “Barselona” ustoziga aylanishi mumkin. Xaviga hoziroq jamoani qabul qilib olishi uchun 2,5 million yevrolik taklif yuborgan. Biroq uning o‘zi mavsum so‘ngida jamoani qabul qilishi mumkinligini bildirgan.

2020-yil yozida klub Xaviga 2 yillik shartnoma taklif qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют