» » APL. “Arsenal” ochko yo‘qotdi. Gol urgan Obameyang esa o‘ta qo‘pol harakati uchun o‘yindan chetlatildi (video)

APL. “Arsenal” ochko yo‘qotdi. Gol urgan Obameyang esa o‘ta qo‘pol harakati uchun o‘yindan chetlatildi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan 11-yanvar, shanba kungi o‘yinlarning dastlabkisi o‘z yakuniga yetdi.

“Kristal Pelas” London derbisida “Arsenal” bilan bahs yuritdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Pyer-Emerik Obameyang “kanonirlar”ning kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi.

54-daqiqada Jordan Ayyu hisobni tenglashtirishga erishdi, uning zarbasidan keyin to‘p “Arsenal” futbolchisi David Luizga tegib darvozadan o‘rin oldi. Uchrashuvning 65-daqiqasida Obameyang mezbonlar futbolchisiga nisbatan qo‘pol harakat qildi, natijada hakam videotakrorlardan so‘ng gabonlik futbolchini chetlatdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va “Arsenal” 28 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi. “Pelas” esa (29) 9-pog‘onada bormoqda.

APL

22-tur bahsi

11-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 — 12 Obameyang, 1:1 — 54 Ayyu.

“Kristal Pelas”: Guaita, Keyhill, Kelli, Tomkins, Ridevald, Makkarti, Mayer (To‘sun, 68), Kuyate, Makartur, Zaa, Ayyu.

“Arsenal”: Leno, David Luiz, Kolashinats, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Torreyra (Genduzi, 46), Jaka, O‘zil (Martinelli, 70), Pepe, Lyakazett (Nelson, 90), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Pepe (44), Meytlend-Naylz (51), Makkarti (71), Tomkins (85), Lyakazett (90).

Chetlatish: Obameyang (67).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют