» » OCh—2020. Avstraliya g‘alaba qozonib, A guruhida peshqadamga aylandi

OCh—2020. Avstraliya g‘alaba qozonib, A guruhida peshqadamga aylandi


Tailand mezbonlik qilayotgan U23 Osiyo chempionatining A guruhi vakillari 11-yanvar, shanba kuni 2-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.

Bahrayn olimpiya terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Hoshim Isa bahraynliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Amir al-Ammari hisobni tenglashtirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida jamoalar yana bir martadan gol almashdi va yakunda murosa yo‘li tanlandi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida musobaqa mezboni Tailand terma jamoasi Avstraliya bilan o‘ynadi. Dastlab mezbonlar Anon Amornlertsakning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Biroq “kengurular” bunga Nikolas Dagostinoning ikkita goli bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa Avstraliya olimpiyachilari 2-turdan so‘ng 4 ochko to‘plagan holda guruh peshqamiga aylandi. Tailand esa (3 ochko) mag‘lubiyatga qaramasdan ikkinchi pog‘onada qoldi. Iroq (2) va Bahrayn (1) mos ravishda keyingi o‘rinlarda bormoqda.

U23 OCh—2020

2-tur bahslari

9-yanvar, payshanba

A guruhi

Gollar: 1:0 — Hoshim Isa, 1:1 — 66 Amir al-Ammari, 2:1 — Muhammad Jasim, 2:2 — 90 Muhammad Qosim

Gollar: 1:0 — 24 Anon Amornlertsak, 1:1 — 43 Nikolas Dagostino, 1:2 — 76 Nikolas Dagostino

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют