» » Miura “Yokogama” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. U 52 yoshda

Miura “Yokogama” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. U 52 yoshda


Yaponiyalik futbolchi Kadzuyoshi Miura yana bir mavsum futbol o‘ynashi aniq bo‘ldi.

Fevralda 53 yoshni qarshilaydigan Miura “Yokogama” bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. Navbatdagi mavsum uning uchun faoliyatidagi 35-si bo‘ladi. Bu esa rekord hisoblanadi.

Qayd etish joiz, Miura 2007-yildan beri ilk bor Yaponiya oliy divizionida to‘p tepadi. “Yokogama” mavsum yakunlariga ko‘ra, yuqori divizionga yo‘l oldi.

Miura professional futbolchilik faoliyatini 1989-yilda boshlagan. U hozir dunyodagi eng yoshi katta professional futbolchi hisoblanadi.

Kadzuyoshi 1994-yil ijara asosida Italiyaning “Jenoa” sharafini himoya qilgan. Natijada A Seriyada o‘ynagan yaponiyalik ilk futbolchi bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют