» » Luis Suares operatsiya qilinadi

Luis Suares operatsiya qilinadi


“Barselona” hujumchisi Luis Suares Ispaniya Superkubogi doirasida “Atletiko”ga qarshi bahsda o‘ng tizzasidan jarohat oldi.

“Sport.es” xabariga ko‘ra, futbolchi 11-yanvar, shanba kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 32 yoshli futbolchi bir necha haftadan beri tizzasida noqulaylik his qilgan va og‘riq bilan o‘ynab kelgan. Jarroh Ramon Kugat urugvaylik hujumchini tekshiradi.

Nashrning ta’kidlashicha, Luis katta ehtimol bilan jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazadi.

“Barselona” ushbu jarohat sabab Suaresning xizmatlaridan 6 haftaga foydalana olmasligi mumkin.

Qayd etish joiz, hujumchi o‘tgan mavsum so‘ngida “Liverpul”ga qarshi bahsda olgan jarohati sabab tizzasidan operatsiya qilingan edi.

Ma’lumot uchun, urugvaylik joriy mavsum La Liga doirasida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2020, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют