» » Vladimir Jirinovskiyga Turkmanistonning “Faxriy oqsoqol” unvoni berildi

Vladimir Jirinovskiyga Turkmanistonning “Faxriy oqsoqol” unvoni berildi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7-aprel, juma kuni LDPR raisi Vladimir Jirinovskiyga o‘ziga xos ko‘krak nishoni hamda “Xalqning faxriy oqsoqoli” unvoni berilganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agenligiga tayanib, “Interfaks” xabar qildi.

Jirinovskiyga turkmanlarning milliy to‘ni, telpagi hamda belbog‘ini sovg‘a qilishdi. Marosim Turkmanistonga kelgan Rossiya delegatsiyasi a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Jirinovskiy Turkmanistonda ko‘rganlaridan “ruhlangani va zavq olganini” aytdi.

Shuningdek, LDPR raisi “avloddan avlodga o‘tib keladigan va milliy mentalitet asosiga aylangan ajoyib dono an’analarini merosxo‘ri hamda davomchisi” sifatida turkman xalqiga nisbatan doimo moyillik tuyganligi haqida so‘zladi.

Jirinovskiy Turkmanistonga respublika parlamenti raisi Akji Nurberdiyev taklifiga binoan borgan. LDPR raisi 7-aprel, juma kuni ochilgan “Osiyo o‘yinlari—2017:  tinchlik va taraqqiyot uchun xalqaro sport hamkorligi” xalqaro sport kongressida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют