» » “Adolat qaror topmaguncha tinchimaymiz”. Kanada bosh vaziri — Eronda urib tushirilgan “Boing” haqida

“Adolat qaror topmaguncha tinchimaymiz”. Kanada bosh vaziri — Eronda urib tushirilgan “Boing” haqida


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ma’lum qilishicha, Eron o‘zining havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan yo‘lovchi samolyoti halokati uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak.

Tryudo ushbu bayonotni bortida, xususan, Kanada fuqarolari ham bo‘lgan Ukraina samolyotini Eron raketa bilan urib tushirganini rasman tan olganidan so‘ng berdi.

“Yo‘lovchi samolyotni urib tushirish — bu dahshat”, — dedi Tryudo. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron yuz bergan voqea uchun javobgarlikni to‘liq o‘z zimmasiga olishi, izchil va ochiq tergov o‘tkazishi hamda aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak.

“Adolat qaror topmagunicha, biz tinchimaymiz”, — dedi Tryudo, uning qayd etishicha, “halok bo‘lganlarning oila a’zolari adolat qaror topganini ko‘rishga haqli”.

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga tegishli Boeing 737 samolyotining 8-yanvar kuni Tehron yaqinida qulashi oqibatida 176 kishi, jumladan, 63 nafar kanadalik halok bo‘lgan edi.

Kanada uning mutaxassislari aviahalokat tergovida ishtirok etishini talab qilgan edi. Tryudoning ma’lum qilishicha, Eron hukumati bunday mutaxassislarga viza berish masalasida Kanada bilan hamkorlik qilmoqda.

Eron aviahalokatdan uch kun o‘tibgina, samolyot raketa bilan tasodifan urib tushirilganini rasman tan oldi. Eron prezidenti ukrainalik hamkasbi bilan telefon suhbati davomida hodisa aybdorlari jazolanishiga va’da bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 03:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют