» » “Hech kim qutulib qola olmaydi”. Ukraina prezidenti Eronda urib tushirilgan samolyot bo‘yicha murojaat qildi

“Hech kim qutulib qola olmaydi”. Ukraina prezidenti Eronda urib tushirilgan samolyot bo‘yicha murojaat qildi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Eron havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi bilan urib tushirilishida aybdor bo‘lganlarning bari javobgarlikka tortilishiga va’da berdi. Bu haqda, Zelenskiyning maxsus videomurojaatida ta’kidlanishicha, uning Eron prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati davomida so‘z borgan.

“Biz hech kim qutulib qola olmasligiga kelishib oldik”, — deya ma’lum qildi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, davlat halok bo‘lganlarning oila a’zolariga, xususan, sug‘urta kompaniyalari, aviatashuvchi va Eron hukumatidan tovon pullarini olish masalasida zarur barcha yordamni ko‘rsatadi. Ukraina hukumati esa, o‘z navbatida, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga moliyaviy yordam ajratadi.

Zelenskiy videomurojaati davomida Ukraina rasmiylari tomonidan “Boing” aviahalokati tafsilotlarini aniqlash, jumladan, DNK namunalarini to‘plash borasida qanday ishlari qilinganini batafsil so‘zlab bergan. Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, urib tushirilgan samolyot qora qutilarini rasshifrovka qilish ustida Ukraina va Eron mutaxassislari birgalikda ish olib boradi.

Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina huquq-tartibot organlari “Boing” halokati munosabati bilan Ukraina fuqarolarining o‘ldirishi holati bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

Ukraina prezidenti jahon hamjamiyatini yuz bergan voqea xolis va har tomonlama tergov qilinishi uchun imkoni bor barcha choralarni ishga solishga chaqirgan.

Mavzuga doir: 

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning samolyoti 8-yanvar kuni tongda Tehron yaqinida qulagan edi. Boeing 737 samolyoti bortida 176 kishi — 82 eronlik, 63 kanadalik, 11 ukrain, 10 shved, to‘rt afg‘on, uch nemis va uch britaniyalik bo‘lgan. Ularning bari halok bo‘lgan.

Eron aviahalokatda uch kun o‘tib, samolyot mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tasodifan urib tushirilganini rasman tan oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 04:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют