» » Stokgolmdagi terakt. Asosiy ma’lumotlar

Stokgolmdagi terakt. Asosiy ma’lumotlar


5-aprel, juma kuni kunduzi Stokgolm markazida yuk mashinasi piyodalar ustiga bosib bordi. Uch kishi halok bo‘lgan, kamida sakkiz kishi tan jarohati olgan. Shvetsiya bosh vazirining “mavjud ma’lumotlarga tayanib” ma’lum qilishicha, bunda gap terakt haqida bormoqda. Hujum haqidagi xabarlardan ko‘p o‘tmay shved nashrlari gumonlanuvchi qo‘lga olingani haqida axborot berdi. Meduza nashri Stokgolm markazidagi terakt yuzasidan asosiy ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

Hujum Stokgolmning qoq markazida yuz berdi. Yuk mashinasi Drotninggatan piyodalar ko‘chasidagi odamlarning ustiga bosib borgan, so‘ng ?hlens univermagi oynasiga borib urilgan. Shvetsiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, biroq OAV uch va hatto besh kishi qurbon bo‘lgani haqida yozmoqda. Kamida sakkiz kishi jabrlangan. Shuningdek, hodisa joyi yaqinida otishma ovozlari eshitilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi, biroq bu hozircha tasdiqlanmadi.

Yuk mashinasi Shvetsiyaning Spendrups kompaniyasiga tegishli edi. Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, mashina hujumdan biroz avval o‘g‘irlangan. 7-aprel kuni mashina Stokgolmdagi do‘konlar va restoranlar bo‘ylab mahsulot tarqatgan, haydovchi Caliente restorani oldida mahsulotni tushirish uchun mashinadan tushgan vaqtida, noma’lum shaxs mashinaga o‘tirib, uni olib qochgan. Spendrups vakilining qo‘shimcha qilishicha, kompaniya haydovchisi jabrlanmagan.

Shvetsiya bosh vaziri yuz bergan hodisani darhol terakt deb atadi. “Shvetsiya hujumga uchradi”, — dedi siyosiy arbob. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ixtiyorida mavjud barcha ma’lumotlar gap terrorchilik harakati haqida borayotganini ko‘rsatmoqda. Lyovenning qo‘shimcha qilishicha, politsiyachilar hujumni uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi, biroq politsiya hozircha mazkur bayonotni tasdiqlaganicha yo‘q.

Stokgolmdagi teraktdan so‘ng shahar metrosi yopildi. Bundan tashqari, politsiya talabiga muvofiq shaharning markaziy vokzali bilan bog‘langan barcha temiryo‘l bo‘laklarida harakat to‘xtatildi. Vokzal binosidan barcha yo‘lovchilar olib chiqilgan, OAV xabariga ko‘ra, evakuatsiya vaqtida vahima yuzaga kelgan. Shvetsiya parlamenti binosi o‘rab olingan, hukumat aholini imkon qadar shahar markaziga bormaslikka chaqirmoqda.

Mavzuga doir: Foto: Stokgolm markazidagi terakt

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют