» » Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yuqori o‘sishga erishishini taxmin qildi

Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yuqori o‘sishga erishishini taxmin qildi


Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2020-yilda 5,7 foizga o‘sishini prognoz qildi. Bu haqda tashkilotning “Jahon iqtisodiyoti, 2020-yil yanvar: sust taraqqiyot, siyosiy chaqiriqlar” hisobotida qayd etilgan, deb yozmoqda “Spot”.

Bu Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston (5,5 foiz), uchinchida — Turkmaniston (5,2 foiz), to‘rtinchi o‘rinda — Armaniston (5,1 foiz), beshinchi o‘rinda — Gruziya (4,3 foiz).

2021 va 2022-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichi 6 foizni tashkil etadi. Bu ham yuqoridagi mamlakatlar orasidagi eng yuqori natija hisoblanadi.

Mintaqa iqtisodiyotining taraqqiyotiga geosiyosiy turg‘unlik, siyosatning noaniqligi, shuningdek tashqi ta’sirlar ya’ni Yevroittifoq hamda Xitoyning tempni pasaytirishga urinishi to‘sqinlik qilishi mumkin.

2019-yilda Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotining 5,5 foizga o‘sishini prognoz qilgan va yakunda shunday bo‘lib chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют