» » “Real” “Atletiko”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)

“Real” “Atletiko”ni mag‘lub etib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining finalida 13-yanvar, yakshanba kuni Madridning ikki klubi — “Real” hamda “Atletiko” o‘zaro kurash olib bordi.

O‘yin davomida tomonlar darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi va penaltilar seriyasida “Qirollik klubi” g‘alabani ilib ketdi va kubokka ega chiqdi (4:1).

Ta’kidlash joiz, “Real” o‘z tarixida 11-bor mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu borada “Barselona” Madrid klubidan biroz oldinda. Kataloniyaliklar hisobida 13 ta Ispaniya Superkubogi mavjud.

Ispaniya Superkubogi

Final bahsi

12-yanvar, yakshanba

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Isko (Rodrigo, 60), Kroos (Vinisius Junior, 103), Kazemiro, Valverde, Modrich, Yovich (Mariano Dias, 83)

“Atletiko”: Oblak, Ximenes (Savich, 98), Trippyer, Felipe, Lodi (Lyorente, 89), Errera (Vitolo, 56), Saul, Korrea, Tomas, Joau Feliks (Aryas, 101), Morata

Ogohlantirishlar: Felipe (27), Tomas (74), Mendi (90), Modrich (90), Valverde (111), Adan (111), Korrea (115), Karvaxal (115), Savich (115).

Chetlatish: Valverde (115)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 04:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют