» » BMTga badal pulini to‘lamagan yettita davlat ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi

BMTga badal pulini to‘lamagan yettita davlat ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi


BMT Bosh Assambleyasida yetti davlat budjet uchun badal pulini to‘lamagani uchun ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi. Bular — Markaziy Afrika Respublikasi, Gambiya, Lesoto, Tonga, Yaman, Venesuela va Livan. Bosh Assambleyaga jami 193 davlat a’zo bo‘lgan, deb xabar qiladi “Kommersant”.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning ma’lum qilishicha, yana uchta mamlakat — Komor orollari, San-Tome va Prinsipining ham qarzi bor, biroq ular sentabrga qadar ovoz berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Rossiya 2020-yilda o‘z xohishi bilan BMTga 58 million dollar badal to‘lagan.

Ta’kidlanishicha, BMT budjet taqsimotining eskirgan tartib-qoidalari sabab qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qilgandi. Reglamentga ko‘ra davlatlar har yili 31-yanvarga qadar BMTga badal pulini to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют