» » Tramp Eronning murosaga kelish yoki kelmasligi “umuman ahamiyatsiz” ekanligini aytdi

Tramp Eronning murosaga kelish yoki kelmasligi “umuman ahamiyatsiz” ekanligini aytdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning murosaga kelish yoki kelmasligi umuman ahamiyatsiz ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen Vashingtonning sanksiyalari Tehronni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishini ma’lum qilgandi.

“Bugun milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchim sanksiyalar va norozilik namoyishlari Eronni muzokara o‘tkazishga majbur qilishini taklif etdi. Umuman olganda, Eronning muzokaraga kelish-kelmasligi meni qiziqtirmaydi. Bu to‘liq ularga bog‘liq, biroq hech qanday yadroviy qurol bo‘lmasin va namoyishchilar o‘ldirilmasin”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Tramp Eron hukumatini norozilik namoyishchilarini o‘ldirmaslikka chaqirgandi. U mazkur bayonotni Ukrainaning Boeing 737-800 samolyoti urib tushirilgani sabab o‘tkazilayotgan namoyishlar fonida bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют