» » Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi


Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu lavozimga qayta tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Foto: Toshkent shahar hokimini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish

Sessiyada ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodini xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnomani o‘qib eshittirgani haqida avval xabar berilgan edi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullangan.

Hokimlik matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, sessiyada reglamentga muvofiq “Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqilgan va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют