» » AQShning Suriya aviabazasiga bergan raketa zarbalaridan so‘ng IShID jangarilari hujumga o‘tdi

AQShning Suriya aviabazasiga bergan raketa zarbalaridan so‘ng IShID jangarilari hujumga o‘tdi


AQShning Suriyadagi Shayrat aerodromiga bergan raketa zarbalaridan so‘ng IShID terrorchilik tashkiloti Xoms viloyatining sharqiy qismida hujumga o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Arab tilidagi “Al-Masdar” nashrining xabar berishicha, terrorchilar Suriya hukumat kuchlarining Al-Furqalas qishlog‘i atrofidagi nazorat-o‘tkazish punktlariga hujum qilgan.

Ikki soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng terrorchilarning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘lingan.

Nashrning qayd etishicha, terrorchilar Suriya hukumatining quruqlikdagi qo‘shinlari havo ko‘magidan mahrum bo‘lganidan foydalanishga urinishda davom etishi mumkin.

7 aprelga o‘tar kechasi AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rtayer dengizidagi ikki kemasi — USS Porter va USS Ross esminetslaridan Suriyaning Xoms viloyatidagi aerodrom tomon 59 ta “Tomagavk” qanoti raketalari uchirildi.

Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya rahbariyati aynan shu aerodromdan kimyoviy quroldan foydalangan holda hujumlar tashkil etgan. Suriya rasmiylarining qayd etishicha, Shayrat aerodromi to‘liq yaroqsiz ahvolga kelgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют