» » “Barselona” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod Xavi emas. U “Tottenhem” sobiq ustozi

“Barselona” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod Xavi emas. U “Tottenhem” sobiq ustozi


Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino “Barselona”ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin, deya xabar qilmoqda RAC1.

“Tottenhem” sobiq ustozini katalonlar prezidenti Jozep Bartomeu o‘z jamoasida ko‘rmoqchi, shuningdek, bu g‘oyani klub direktorlar kengashi ham ma’qullamoqda.

“Barselona” avvalroq Qatarning “As-Sadd” jamoasi bosh murabbiyi Xavini olib kelishni istayotgandi, biroq ispaniyalik mutaxassis bunga rad javobini bergan.

AS xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kumanga ham taklif bilan chiqqan. Ammo jamoasini Yevro—2020 musobaqasiga tayyorlayotgan mutaxassis “Barselona”ning taklifini rad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino “Tottenhem”dan avval Kataloniyaning “Espanyol” klubini boshqargan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют