» » To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi


13-yanvar kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Unda dastlab 2019-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi raisining axboroti tinglandi.

Saylov yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 27 nafar, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 15 nafar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 10 nafar, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 4 nafar hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 4 nafar deputat saylangan.

Saylangan deputatlarning 2 nafari yoki 3 foizi 30 yoshgacha, 9 nafari yoki 15 foizi 40 yoshgacha, 20 nafari yoki 33 foizi 50 yoshgacha, 17 nafari yoki 28 foizi 60 yoshgacha, 12 nafar yoki 20 foizi 60 yoshdan oshganlarni tashkil etadi.

Sessiyada xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomi tasdiqlandi. “Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq unda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga 3-Darband saylov okrugidan saylangan deputat To‘ra Bobolovning nomzodini Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risidagi taqdimnomani o‘qib eshittirdi.

Nomzod bo‘yicha partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan Bobolov To‘ra Abdiyevichning nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Reglamentga muvofiq sessiyada “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqildi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori bilan taklif etilgan To‘ra Bobolovning nomzodi tasdiqlandi.

Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu lavozimga qayta tasdiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют