» » Aguero APLning xorijlik eng yaxshi to‘purariga aylandi. U Anrini ortda qoldirdi

Aguero APLning xorijlik eng yaxshi to‘purariga aylandi. U Anrini ortda qoldirdi


“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Angliya Premyer Ligasining 22-turidan o‘rin olgan bahsda (6:1) “Aston Villa” darvozasiga uchta to‘p kiritdi.

Shu tariqa Aguero Angliya chempionatidagi gollari sonini 177 taga yetkazib olgan holda liga tarixidagi eng yaxshi legioner to‘purarga aylandi. Argentinalik futbolchi bu borada “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anrini ortda qoldirdi (175 ta gol).

Serxio APLning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida esa to‘rtinchi o‘rindagi Frerk Lempardga yetib oldi. Bu borada kuchli uchlikdan Alan Shirer (260), Ueyn Runi (208), Endi Koul (187) kabi futbolchilar o‘rin olgan.

Shuningdek, Agueroning Premyer Ligadagi het-triklari soni 12 taga yetdi. Futbolchi bu borada Alan Shirerni (11 ta het-trik) ortda qoldirgan holda rekordchiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют