» » Rossiyada o‘zbekistonlik yigit terrorizmni targ‘ib qiluvchi postlari uchun 5,5 yilga qamaldi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit terrorizmni targ‘ib qiluvchi postlari uchun 5,5 yilga qamaldi


Rossiya Federatsiyasi harbiy sudi 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shermuhammad Shamsiddinovni ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallar joylashtirgani uchun 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu Rossiya Federatsiyasi bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2016-yil iyuldan 2018-yil iyuniga qadar Shermuhammad Shamsiddinov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “terroristik tashkilotlar faoliyatini oqlash, zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, terrorchilik harakatlari zarurligini asoslash, shuningdek, terrorchilik tashkilotlariga qo‘shilishga chaqiriqlar” bo‘lgan audio va videofayllarni joylashtirgan.

Sud uni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 205,2-moddasi 2-qismi (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga chaqirish, terrorizmni oqlash va internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda terrorizmni targ‘ib qilish)da aybdor deb topdi. O‘zbekistonlik yigit jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilandi, unga uch yil davomida saytlarni yaratish va boshqarish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlandi.

Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют