» » O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi

O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi


13-yanvar, dushanba kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq ilk sessiyasi o‘tkazildi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, viloyat Kengashi deputati bo‘lmagan shahar va tuman hokimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakili Abdujabbor Abduvohidov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 98-moddasi, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga binoan viloyat hokimligiga nomzod O‘zbekiston Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng ushbu Kengashga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilangan.

Abdujabbor Abduvohidovning ma’lum qilishicha, qonunchilikning bu talabidan kelib chiqib, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan viloyat hokimligiga O‘ktam Barnoyev nomzodi tavsiya etildi. Nomzod bo‘yicha partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasiga ko‘ra, O‘ktam Barnoyev Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlash uchun xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga taqdimnoma kiritildi. Deputatlar O‘ktam Barnoyevni Buxoro viloyati hokimi etib bir ovozdan tasdiqladi.

Mavzu: Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют