» » Londondagi terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi

Londondagi terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi


Londonning Vestminster ko‘prigida 22-mart kuni yuz bergan terakt oqibatida jarohat olgan Ruminiya fuqarosi vafot etdi. Bu haqda, Sky News telekanaliga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Terrorchi mashinasini odamlar ustiga haydagach, ayol Vestminster ko‘prigidan Temza daryosiga qulagan edi.

Londonda 22-mart kuni yo‘ltanlamas mingan noma’lum erkak Vestminster ko‘prigida bir necha odamni urib ketgan edi. Shundan so‘ng u Britaniya parlamenti hududiga kirishga uringan.

Politsiya xodimi Kit Palmer jinoyatchini to‘xtatishga harakat qilgan, biroq to‘qnashuv davomida unga pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazilishi oqibatida halok bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs boshqa bir politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan.

Terakt oqibatida ruminiyalik sayyohdan tashqari yana uch kishi — britaniyalik ispan tili o‘qituvchisi Aisha Freyz, AQShdan kelgan turist Kurt Koxran hamda nafaqaxo‘r Lesli Rods ham halok bo‘lgan. Hujum oqibatida 28 kishi jarohat olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют