» » 2020-yilda O‘zbekistonda energiya iste’moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi

2020-yilda O‘zbekistonda energiya iste’moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi


O‘zbekistonda 2020-yilda elektr energiyasi iste’moli 71 milliard kilovatt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga oshadi. Iqtisodiyot tarmoqlari talabining 10 foizga, aholi talabining esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 13-yanvar, dushanba kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha joriy yilga asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda ushbu ehtiyoj qaysi manbalar hisobidan qoplanishi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi.

Prezident 2020-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni to‘liq, sifatli amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda issiqlik elektr stansiyalarida 1177 megavatt, gidro elektr stansiyalarida 120 megavatt quvvat ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3500 megavattli bug‘-gaz qurilmalari, 400 megavattli shamol va shunday quvvatga ega quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar shakllantirilgan.

Yig‘ilishda sohani rivojlantirishning uzoq istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli hozirgiga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois Energetika vazirligiga keyingi o‘n yilda umumiy quvvati 7900 megavattni tashkil etadigan yangi issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, investorlarni jalb qilgan holda, sakkiz ming megavatt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish, gidro elektr stansiyalari quvvatini 1935 megavattga oshirish, kichik gidro elektr stansiyalar barpo etishni xususiy sektorga berish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Mutasaddi tashkilotlarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita ishlaydigan o‘rta va kichik bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha korxonalari rahbarlari hisobot berdi, chora-tadbirlar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют