» » Abdulaziz Komilov Belarus tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Belarus tashqi ishlar vazirini qabul qildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentga MDH ishtirokchi davlatlar Tashqi siyosat idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Belarus delegatsiyasiga boshchilik qilib kelgan Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan 7-aprel kuni uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan 2016-yil oktabrida Samarqandda oliy darajadagi O‘zbekiston—Belarus uchrashuvi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Tomonlar keyinchalik amalga oshirilgan oliy hukumat darajasidagi tashriflar almashinuvi hamda boshqa aloqalar ikki davlat rahbarlarining savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bergan topshiriqlari bajarilishini amaliyotga o‘tkazish imkonini berganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazirlar MDH, BMT, YXHT va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar formatida o‘zaro hamkorlik holati va istiqbollari bo‘yicha ham fikr almashdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют