» » G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi


Sirdaryo viloyati Xalq deputatlari Kengashining 13-yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasida viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. G‘ofurjon Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 2-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov o‘z lavozimlariga tasdiqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют