» » Qobul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Qobul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi


13-yanvar, dushanba kuni xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sessiya ishida deputatlar viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligi guruh rahbarlari, kotibiyat mudirlari, viloyat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman hokimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Dastlab 2019-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha viloyat saylov komissiyasi raisi Sh.Jo‘rayevning axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish hamda viloyat kengashidagi doimiy komissiyalarni tuzish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Prezidenti vakili A.Jo‘raboyev deputatlarga davlat rahbari tomonidan Navoiy viloyati hokimligiga Qobul Tursunov nomzodi tavsiya etilgani, nomzod bo‘yicha partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Deputatlar Qobul Tursunov nomzodini qo‘llab-quvvatlab, Navoiy viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют