» » Yuqorichirchiqda 23 yoshli erkak o‘z hamkasbini pichoqladi

Yuqorichirchiqda 23 yoshli erkak o‘z hamkasbini pichoqladi


Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida 9-yanvar kuni ikki hamkasb o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan tugadi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 9-yanvar kuni soat 02:25 da muqaddam sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan tortishib qolgan va ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Kelishmovchilik oqibatida X.U. dala maydonida o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan Sh.N. tanasining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba berib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra Sh.N.ning tanasida chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohat borligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют