» » Xitoy kinokompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikda filmlar suratga olmoqchi

Xitoy kinokompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikda filmlar suratga olmoqchi


Toshkentdagi Kinochilar uyida Xitoy kinematograflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev va boshqalar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlar qatori madaniyat va san’at sohasida ham izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Kinematografiya sohasida o‘zaro tajriba almashish, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, hamkorlikda qisqa metrajli, animatsion, hujjatli va badiiy filmlar suratga olish, turli festival va madaniy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilab olingan.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda kinematografiya alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda professional kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, sohaga zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy qilishga kelishib oldik. Kelgusida O‘zbekiston bilan hamkorlikda durdona kinoasarlar yaratish niyatidamiz.

Gu Guotsin, China Film Promotion International kompaniyasi bosh direktori

Uchrashuvda kino sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют